Toshkentdan Andijonga 3 soatda: tezyurar poyezd sinovdan o‘tkazildi

eʼlon qilindi
Xitoyda ishlab chiqarilgan poyezd bir vaqtning o‘zida 415 nafar yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega
Foto: Ekran rasmi

Andijon viloyatiga Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi zamonaviy tezyurar poyezd olib kelindi va ayni paytda uning harakati sinov tariqasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Poyezdning texnik xususiyatlari

Zamonaviy poyezd soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanish va bir vaqtning o‘zida 415 nafar yo‘lovchini qabul qilish imkoniyatiga ega. Yangi qatnov orqali Toshkentdan Andijongacha bo‘lgan masofani atigi 3 soat ichida bosib o‘tish ko‘zda tutilgan.

Qatnovning ahamiyati

Mazkur tezyurar poyezd qatnovining yo‘lga qo‘yilishi Toshkent va Andijon o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, u hududlar o‘rtasidagi harakatchanlikni oshirish barobarida, aholi uchun safarlarni qulay, tezkor hamda samarali tashkil etishda muhim qadam hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv nashri Toshkent – Andijon va Toshkent – Termiz tezyurar poyezdlari qo‘yilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek