Zangiota tumanidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bir soatdan ko‘proq vaqt ichida to‘liq bartaraf etildi
Foto: Pexels.com

31-avgust kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan omborxonalarning birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Yong‘inni bartaraf etish jarayoni

Zangiota tumani, «Al-Xorazmiy» MFY hududidagi omborda yuzaga kelgan yong‘in bo‘yicha xabar soat 13:44 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olov soat 14:22 da qurshab olinib, 15:10 da to‘liq o‘chirilgan.

Oqibatlar va sabablar

Favqulodda hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirgi vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.

Avvalroq Kursiv nashri Chorvoq yaqinida yana yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek