Andijondagi «G‘amxo‘rlik» markazida nogironligi bor bolalarga zo‘ravonlik qilindi

eʼlon qilindi
Videoda aks etgan olti nafar tarbiyachi va bir nafar hamshira bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan «G‘amxo‘rlik» markazida bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qo‘llangani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. 

Yetti nafar xodim lavozimidan ozod qilindi

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, videolarda aks etgan olti nafar tarbiyachi va bir nafar hamshira bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Ular egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, markaz tarbiyachilarining faoliyati ustidan yetarli nazorat o‘rnatmagan mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

Bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hududiy tibbiyot birlashmasi mutaxassislari jalb etilgan holda muassasadagi bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, markaz hududidagi bolalar o‘yin maydonlari atrofiga qo‘shimcha kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Rasmiylar holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Toshkentda turmush o‘rtog‘ini muntazam kaltaklab kelganlikda gumon qilinayotgan yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiy va sport ustasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Shuningdek