
Chevrolet Traverse 2027 krossoverida turli yo‘l sharoitlariga moslashtirilgan oltita haydash rejimini taklif qiladi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi yo‘l sharoiti va ehtiyojiga qarab Normal, Sport, Snow/Ice, Off-Road, Tow/Haul va Terrain rejimlaridan birini tanlashi mumkin.
Normal rejimi — kundalik haydash uchun
Normal Mode Chevrolet Traverse’ning standart haydash rejimi hisoblanadi. U shahar va avtomagistralda kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Mazkur rejimda avtomobil boshqaruv qulayligi va osma tizimining komforti o‘rtasida muvozanatni saqlashga harakat qiladi.

Sport rejimi boshqaruvni keskinlashtiradi
Sport Mode quruq asfalt yo‘llarda faolroq haydash uchun mo‘ljallangan.
Rejim tanlanganda rul boshqaruvi va gaz pedalining javobi o‘zgaradi. Natijada Chevrolet Traverse haydovchining buyruqlariga tezroq va aniqroq javob berishi kerak.
Snow/Ice rejimi sirpanchiq yo‘llarga moslashtirilgan
Snow/Ice Mode qorli va sirpanchiq yo‘llarda harakatlanish uchun ishlab chiqilgan.
Bu rejimda gaz pedalining sezgirligi yumshatiladi. Shu orqali g‘ildiraklarning sirpanib ketishi kamaytirilib, avtomobilning yo‘l bilan ilashishi yaxshilanadi. Rejimning pasaytirilgan gaz javobi quruq asfalt ustida ham sezilishi mumkin.
Off-Road rejimi asfalt bo‘lmagan yo‘llar uchun
Off-Road Mode shag‘al, tuproq, maysa va boshqa asfaltlanmagan yuzalarda harakatlanish uchun mo‘ljallangan.
U gaz pedalining ishlashini o‘zgartirish bilan birga, StabiliTrak elektron barqarorlik tizimi va tortish nazoratining sozlamalarini ham moslashtiradi.

Tow/Haul rejimi og‘ir yuk va tirkama uchun
Tow/Haul Mode tirkama tortish yoki og‘ir yuk bilan harakatlanishda qo‘llaniladi.
Rejim transmissiya ishlashi, osma tizimi va rul boshqaruvini o‘zgartiradi. Shuningdek, Trailer Sway Control tirkama tebranishini nazorat qilish tizimi faolroq ishlaydi.
Pastlikka tushishda esa dvigatel va transmissiya yordamida belgilangan tezlikni ushlab turishga ko‘maklashadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Cobalt avtomobilining asosiy kamchiliklari aniqlangani haqida yozgan edi.