Dollar tushdi: 3-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2-sentabr kuni 19,25 so‘mga oshib, 11 820,48 so‘mga yetgan edi
Dollar tushdi: 3-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

3-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 7,39 so‘mga tushib, 11 813,09 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

25-avgustda kurs yana 35,48 so‘mga tushib, 11 818,07 so‘mni, 26-avgust kuni 39,55 so‘mga tushib, 11 778,52 so‘mni, 27-avgust kuni 45,17 so‘mga oshib, 11 823,69 so‘mni, 28-avgust kuni esa 22,46 so‘mga tushib, 11 801,23 so‘mni tashkil qildi. 2-sentabr kuni 19,25 so‘mga oshib, 11 820,48 so‘mga yetdi.

Yevro kursida ham pasayish kuzatildi. Yevropa valyutasi 88,93 so‘mga tushib, 13 677,20 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham tushdi. Rubl kursi 1,9 so‘mga pasayib, 135,61 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 2-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek