Husanov «Manchester Siti»da kimlar bilan raqobatlashadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Abduqodir Husanov oldida asosiy tarkibdan joy olish uchun jiddiy raqobat turibdi
Foto: futurecdn.net

Yozgi transfer oynasi yakunlandi va «Manchester Siti» yangi mavsum uchun tarkibini shakllantirib oldi.

Endi o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov oldida asosiy tarkibdan joy olish uchun jiddiy raqobat turibdi.

«Shaharliklar»ning markaziy himoya chizig‘ida tajriba, yosh va universal futbolchilar bir nuqtada jamlangan. Bu esa Husanov uchun yangi mavsumni shunchaki o‘tkazish emas, balki o‘z o‘rnini mustahkamlash vazifasini qo‘yadi.

Foto: mancity.com

Ruben Diash — tajriba va yetakchilik

Husanovning eng katta raqobatchilaridan biri shubhasiz portugaliyalik Ruben Diash bo‘ladi.

«Manchester Siti» himoyasining ko‘p yillik yetakchisi bo‘lgan Diash nafaqat markaziy himoyachi, balki jamoaning maydondagi asosiy liderlaridan biri hisoblanadi.

Foto: mancity.com

Shu sababli Husanov uchun uning o‘rnini egallashdan ko‘ra, Diash bilan birga himoya markazida barqaror tandem yaratish realroq vazifa bo‘lishi mumkin.

Yoshko Gvardiol

Xorvatiyalik Yoshko Gvardiol ham Husanovning asosiy raqobatchilaridan.

Gvardiol markaziy himoyada ham, chap qanotda ham birdek harakat qila oladi. Aynan shu universallik unga murabbiy uchun bir nechta taktik variantni taqdim etadi.

Foto: barcablaugranes.com

Biroq bu holat Husanov uchun imkoniyat ham yaratishi mumkin. Gvardiol chap qanotga o’tkazilgan paytlarda markazdagi o‘rinlardan biri o‘zbekistonlik futbolchi uchun bo‘shashi ehtimoli bor.

Mark Gehi — jiddiy raqib

Mark Gehi «Manchester Siti»ga 2026-yil yanvarida «Kristal Pelas»dan kelgan. Uni Husanovning hozirgi tarkibdagi raqobatchilaridan biri sifatida ko‘rish to‘g‘riroq.

Foto: mancity.com

Qizig‘i, Gehi mavsum boshida o‘zining sobiq klubiga qarshi uchrashuvda ham noodatiy rolda o‘ynadi. «Kristal Pelas»ga qarshi 4:1 hisobidagi g‘alabada u yarim himoya zonasida harakat qildi.

Avvalroq «Manchester Siti» Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandesni «Chelsi»dan sotib olgandi.

Shuningdek