Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

eʼlon qilindi
Bolalar ijtimoiy xizmatlar nazoratida bo‘ladi
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

Rossiya hududida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Voyaga yetmaganlar 2026-yil 29-avgust kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali O‘zbekistonga yetib keldi. Shundan so‘ng 12 nafar bolaning barchasi yaqin qarindoshlariga topshirildi.

Bolalar ijtimoiy xizmatlar nazoratida bo‘ladi

Vatanga qaytarilgan bolalarning oilaga moslashuvi, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularga zarur ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettiriladi.

Bu jarayon bolalarning yashash manzili bo‘yicha «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik ayol olti farzandi bilan vatanga qaytarilgandi. Ayol va uning farzandlarida shaxsini tasdiqlovchi hamda Rossiyadan chiqish huquqini beruvchi zarur hujjatlar bo‘lmagan.

Shuningdek