Samsung One UI 9 beta-versiyasini eski flagmanlarga ham chiqarmoqda

2-sentabr 2026 11:12 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung Galaxy S25 uchun One UI 9.0 sinovlari boshlandi
Foto: Max Jambor / SamMobile

Samsung Android 17 asosidagi One UI 9 beta-dasturini ko‘proq Galaxy qurilmalariga kengaytirdi. 2026-yil sentabrdan Galaxy S25 seriyasi, Galaxy Z Fold7 va Galaxy Z Flip7 egalari ham yangi interfeysni sinab ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Tarun Vats xabar berdi.

Samsung One UI 9 beta-sinovini dastlab Galaxy S26 seriyasida may oyida boshlagan edi. Endi dastur o‘tgan yilgi flagman va bukiluvchi smartfonlarni ham qamrab oladi.

Qaysi qurilmalar One UI 9 beta-versiyasini oladi

Sentabrdan Galaxy S25, S25+, S25 Ultra, S25 FE, Galaxy Z Fold7 va Galaxy Z Flip7 foydalanuvchilari beta-dasturda qatnashishi mumkin.

Galaxy S25 Edge esa hozircha rasmiy qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Dastlab to‘rtta davlatda ishga tushadi

One UI 9 beta-versiyasi birinchi bosqichda Hindiston, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va AQSHda mavjud bo‘ladi.

Sinov dasturiga qo‘shilish uchun Samsung Members ilovasi va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Dastur boshlanish sanasi va mavjudligi bozorlarga qarab farq qilishi mumkin.

Barqaror versiya keyinroq chiqadi

One UI 9 Android 17 operatsion tizimiga asoslangan. Bir necha haftalik beta-sinovlardan keyin Samsung qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar uchun One UI 9’ning barqaror versiyasini chiqarishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, yangi bukiluvchi Galaxy modellaridagi ayrim funksiyalar apparat cheklovlari sabab Galaxy S25 seriyasida mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra raqobatchilarini ortda qoldirgani haqida xabar berilgandi. Counterpoint Research ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning aprel – iyun oylarida global smartfon bozorida Apple va Samsung modellari yetakchilik qilgan. Galaxy S26 Ultra Android qurilmalari orasida eng yuqori natijani qayd etgan.

Shuningdek