Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Birinchi Prezidentning xizmatlari esga olindi
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Foto: prezident matbuot xizmati

2-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, uning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Marosimda Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Islom Karimovning O‘zbekiston mustaqilligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash hamda xalq farovonligini oshirish yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi.

Birinchi Prezidentning xizmatlari esga olindi

Foto: prezident matbuot xizmati

Islom Karimov O‘zbekiston tarixining murakkab va mas’uliyatli davrida mamlakatga rahbarlik qilgan. Uning nomi O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi, milliy davlatchilikning tiklanishi va mamlakatning mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqishi bilan bog‘liq ekani ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.

Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etilgan. Samarqandga tashriflar vaqtida uning maqbarasini ziyorat qilish ham an’anaga aylangan.

Foto: prezident matbuot xizmati

Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar vakillari, ziyolilar hamda Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ydi.

Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi yakunida 28 ta hujjat imzolandi va tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek