2026-yilning eng qimmat 10 transferi: «Siti» rekord o‘rnatdi

eʼlon qilindi
2026-yil yozida qiymati 100 mln yevrodan oshgan oltita transfer amalga oshirildi
Foto: mancity.com

Yevropaning kuchli futbol chempionatlarida yozgi transfer oynasi yopildi. 2026-yil yozida qiymati 100 mln yevrodan oshgan oltita transfer amalga oshirildi. Ularning beshtasi Angliya klublari tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda RBC tahlilida keltirildi.

Eng qimmat transfer Enso Fernandesning «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga o‘tishi bo‘ldi. Argentinalik yarim himoyachi uchun Manchester klubi 145 mln yevro to‘lagan. Bu Britaniya futboli tarixidagi rekord transferni takrorladi.

Fernandes 100 mln yevrolik chegaradan ikki marta oshdi

Enso Fernandes futbol tarixida 100 mlndan yevro qimmatga ikki marta transfer qilingan ilk futbolchiga aylandi.

2026-yil yanvarida argentinalik futbolchi «Benfika»dan «Chelsi»ga 121 mln yevro evaziga o‘tgandi. O‘sha transfer Angliya futbolidagi eng qimmat kelishuv sifatida qayd etilgandi.

2026-yil yozida esa Fernandesning «Manchester Siti»ga transferi 145 mln yevroni tashkil etdi.

Yozning eng qimmat transferlari uchligini Morgan Rojers va Elliot Anderson to‘ldirdi. Rojers «Aston Villa»dan «Chelsi»ga 138 mln yevro, Anderson esa «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga 135 mln yevro evaziga o‘tdi.

Foto: Chelsea

Yozning eng qimmat 10 transferi

2026-yil yozgi transfer oynasida eng katta summalar quyidagicha bo‘ldi:

  1. Enso Fernandes — «Chelsi» – «Manchester Siti» – 145 mln yevro;
  2. Morgan Rojers — «Aston Villa» – «Chelsi» – 138 mln yevro;
  3. Elliot Anderson — «Nottingem Forest» – «Manchester Siti» – 135 mln yevro;
  4. Yan Dzhomande — «RB Leyptsig» – «Real Madrid» – 125 mln yevro;
  5. Bredli Barkola — PSJ – «Liverpul» – 125 mln yevro;
  6. Sandro Tonali — «Nyukasl» – «Tottenhem» – 108 mln yevro;
  7. Mateush Fernandes — «Vest Hem» – «Tottenhem» – 99 mln yevro;
  8. Ayub Buaddi — «Lill» – «Manchester Siti» – 95 mln yevro;
  9. Savino — «Manchester Siti» – «Tottenhem» – 87,7 mln yevro;
  10. Bruno Gimarayesh — «Nyukasl» – «Arsenal» – 87,5 mln yevro.

«Manchester Siti» tarixiy Top-10’ga uchta transfer kiritdi

2026-yil yozida «Manchester Siti»ning uchta xaridi futbol tarixidagi eng qimmat transferlar ro‘yxatidan joy oldi.

Eng qimmat transferlar tarixida esa Neymarning «Barselona»dan PSJga 222 mln yevro evaziga o‘tishi hamon birinchi o‘rinda turibdi.

Ikkinchi pog‘onada Kilian Mbappening «Monako»dan PSJga 180 mln yevrolik transferi joylashgan.

Foto: marca

Top-10’dagi 2026-yilgi transferlar:

  • Enso Fernandes – 145 mln yevro;
  • Morgan Rodjers – 138 mln yevro;
  • Elliot Anderson – 135 mln yevro.

Shuningdek, 2025-yilda «Nyukasl»dan «Liverpul»ga 145 mln yevro evaziga o‘tgan Aleksander Isak ham ro‘yxatning yuqori qismidan joy olgan.

«Manchester Siti» bir yozda 526 mln yevro sarfladi

«Manchester Siti» 2026-yil yozgi transfer oynasida rekord darajada mablag‘ sarfladi. Klub yangi futbolchilar uchun jami 526 mln yevro to‘ladi.

Shu tariqa Manchester klubi tarixda bir transfer oynasining o‘zida 500 mln yevrolik chegaradan oshgan ilk jamoaga aylandi.

Taqqoslash uchun, Pep Gvardiola «Manchester Siti»ni boshqargan 10 yil davomida klub transferlarga jami 1,57 mlrd yevro sarflagan. Demak, 2026-yil yozidagi xarajatlar ushbu summaning qariyb uchdan biriga teng.

Biroq klub futbolchilarni sotish orqali ham katta mablag‘ ishlab oldi. «Manchester Siti» yozda futbolchilarini 337,2 mln yevroga sotdi va transfer balansini 189,18 mln yevro zarar bilan yakunladi.

«Chelsi» transfer oynasini foyda bilan yopdi

Yozgi transferlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan klublar orasida «Chelsi» 406,7 mln yevro bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. London klubi futbolchilar savdosidan esa rekord darajadagi 447,8 mln yevro daromad oldi.

PSJ esa xarajatlar bo‘yicha 17-o‘rinda bo‘lib, yangi futbolchilarga 152 mln yevro sarfladi. Biroq parijliklar futbolchilar savdosidan 334,3 yevro mln ishlab oldi.

Ushbu summaning qariyb uchdan bir qismi Bredli Barkolaning «Liverpul»ga 125 mln yevro evaziga sotilishidan tushgan.

Avvalroq «Manchester Siti» «Everton» va Senegal terma jamoasi hujumchisi Iliman Ndiayening transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani hamda bitimning umumiy qiymati bonuslar bilan birga 75,8 mln yevroga baholangandi.

Shuningdek