Ronaldu hayratda: uning o‘g‘li bir haftada 9 mln dollar sarfladi

Futbolchi Krishtianu Ronaldu o‘g‘li bir hafta ichida otasining kredit kartasidan $9 mln dan ortiq mablag‘ sarflaganini bilib, uning kartasini «muzlatgani» va akkauntlariga kirishini cheklagani aytilmoqda. Bu haqda Haberler nashri xabar berdi.
Birgina xarid $1,8 mln
Da’voga ko‘ra, Ronaldu ma’lum vaqt davomida o‘g‘liga kredit kartasidan foydalanishga ruxsat bergan. Biroq futbolchi o‘g‘lining xarajatlarini ko‘rib chiqqanida, hisobdagi $1,8 mln miqdoridagi tranzaksiyaga duch kelgan.
Shundan so‘ng Ronaldu kartadan amalga oshirilgan boshqa xarajatlarni ham tekshirtirgani aytilmoqda.
Tekshiruv davomida o‘g‘li bir hafta ichida superkarlar va boshqa hashamatli xaridlarga $9 mln dan ortiq mablag‘ sarflagani haqidagi da’vo ilgari surilgan.
Ronaldu kartani «muzlatdi»
Xabarga ko‘ra, futbolchi xarajatlar miqdorini ko‘rgach jamoasi bilan bog‘lanib, kredit kartasidan foydalanishni to‘xtatgan.
Shuningdek, Ronaldu o‘g‘lining o‘z akkauntlariga kirishini ham bloklagani aytilmoqda.
Avvalroq Ronalduning opasi uning Jorjina Rodriges bilan turmushiga munosabat bildirgani haqida xabar berilgandi.