Toshkentda Slovakiyaga ishga yuborish uchun pul olgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Toshkentda Slovakiyaga ishga yuborish uchun pul olgan shaxs ushlandi
Foto: DXX

Toshkent shahrida fuqaroni Slovakiyaga ishga yuborish va viza rasmiylashtirib berishni va’da qilib pul olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Tezkor tadbir DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Chilonzor tumanida o‘tkazilgan.

Slovakiyaga ishga yuborish uchun $3 ming talab qilingan

Ma’lum qilinishicha, mahalliy turistik firmada menejer bo‘lib ishlovchi shaxs xorijga ishga jo‘natish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan.

Shunga qaramay, u Samarqand viloyatida yashovchi fuqaroni Slovakiyaga ishga yuborish va unga viza rasmiylashtirib berish evaziga $3 ming hamda 2,5 mln so‘m talab qilgan.

Pul olayotgan vaqtida ushlangan

Tezkor tadbir davomida shaxs kelishilgan mablag‘ning $1 ming va 2,5 mln so‘mini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish doirasida aniqlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov organlari voqea tafsilotlarini aniqlash va holatga aloqador boshqa jihatlarni o‘rganish bo‘yicha tergov harakatlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onada 48 mln so‘mlik pirotexnika mahsulotlari musodara qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek