Avgustda 71,9 mlrd so‘mlik energiya resurslari «o‘g‘irlandi»

eʼlon qilindi
340 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan
Avgustda 71,9 mlrd so‘mlik energiya resurslari «o‘g‘irlandi»
Foto: Oʻzenergoinspeksiya

«O‘zenergoinspeksiya» avgust oyida o‘tkazgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 321 ta holatni aniqladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar 71,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, noqonuniy foydalanish holatlarida 19 mln kVt/soat elektr energiyasi va 10 mln kub metr tabiiy gaz talon-toroj qilingan.

Elektr energiyasi bo‘yicha zarar 40,7 mlrd so‘m

Aniqlangan holatlarda 19 mln kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Buning natijasida 40,7 mlrd so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Tabiiy gaz bo‘yicha 31,2 mlrd so‘mlik zarar

Shuningdek, 10 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha zarar 31,2 mlrd so‘m deb hisoblangan.

Avgust oyida energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 340 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy ish ham rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AES qurilishida mahalliy mahsulotlar ulushi kamida 30 foizga yetkazilishi haqida xabar berilgandi. Qiymati $9,5 milliardga baholanayotgan loyiha doirasida qariyb 3 ming turdagi mahsulot va uskunalardan foydalanish rejalashtirilgan. Dastlab mahalliy mahsulotlar ulushi 21 foiz, ya’ni $1,9 milliard atrofida bo‘lishi hisoblangan.

Shuningdek