O‘zbekistonda qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda

eʼlon qilindi
Ta’lim sohasidagi xizmatlarda o‘sish sur’ati 118,4 foizni tashkil etdi
O‘zbekistonda qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda
Foto; Pexels

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Moliyaviy xizmatlar eng yuqori o‘sishni qayd etdi

Hisobot davrida eng yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlar sohasida kuzatildi. Mazkur yo‘nalishda o‘sish sur’ati 124,5 foizni tashkil etdi, ya’ni xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,5 foizga oshgan.

Keyingi o‘rinda me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar turibdi. Ushbu yo‘nalishda o‘sish sur’ati 123,6 foizni tashkil etdi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida esa ko‘rsatkich 120 foizga yetdi. Bu mazkur xizmatlar hajmi bir yil ichida 20 foizga ko‘payganini anglatadi.

Ta’lim va ko‘chmas mulk xizmatlari ham tez o‘smoqda

Ta’lim sohasidagi xizmatlarda o‘sish sur’ati 118,4 foizni tashkil etdi. Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarda esa bu ko‘rsatkich 115,4 foiz bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 15,3 foizga, savdo xizmatlari 15,2 foizga, yashash va ovqatlanish xizmatlari esa 15 foizga oshdi.

Shaxsiy xizmatlarda o‘sish 14,4 foizni, transport xizmatlarida esa 14,3 foizni tashkil etdi.

Ta’mirlash va ijara xizmatlarida o‘sish nisbatan pastroq

Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarda o‘sish sur’ati 111,3 foizni tashkil etdi. Ijara xizmatlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,7 foizga oshdi.

Boshqa xizmat turlarida esa o‘sish 11,7 foizni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 7 oyda 263,7 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek