Raqobat qo‘mitasi striming va internet xizmatlarini o‘rganmoqda

eʼlon qilindi
Ayrim axborotlar davlat tilida berilmayotgani ham qayd etilgan
Raqobat qo‘mitasi striming va internet xizmatlarini o‘rganmoqda
Foto: Pexels

Raqobat qo‘mitasi striming, internet va raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi platformalarni o‘rganishni boshladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning bugungi kun holatiga telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha 1000 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ikki barobar ko‘p.

Tariflar va xizmat shartlari to‘liq ko‘rsatilmayapti

O‘tkazilgan tahlillar davomida ayrim operator va provayderlarning mobil ilovalari hamda veb-saytlarida iste’molchilar uchun zarur ma’lumotlar to‘liq joylashtirilmagani aniqlangan.

Xususan, ayrim platformalarda tariflar va narxlar, xizmat ko‘rsatish shartlari, ommaviy oferta hamda boshqa muhim ma’lumotlar yetarli darajada taqdim etilmagan.

Shuningdek, ayrim axborotlar davlat tilida berilmayotgani ham qayd etilgan.

Striming va raqamli televideniye platformalari tekshirilmoqda

Raqobat qo‘mitasi hozirda striming, internet va raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarning platformalarini ochiq manbalar asosida o‘rganmoqda.

Tekshiruvlarda iste’molchilar uchun zarur axborotlarning mavjudligi, ularning to‘liqligi hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi baholanmoqda.

Avvalroq «Kursiv» qimorni reklama qilgan 50 dan ortiq saytlar bloklangani haqida yozgan edi.

Shuningdek