Zeekr robotaksilari AQShda ommaviy xizmatga chiqdi

4-sentabr 2026 17:32 eʼlon qilindi

(5-sentabr 2026 10:03 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Zeekr robotaksilari AQShda ommaviy xizmatga chiqdi
Foto: La Times

Waymo AQShning Denver, San-Diyego va Tampa shaharlarida haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirdi. Denver va San-Diyegoda xizmat Xitoyning Zeekr kompaniyasi ishlab chiqargan Ojai robotaksilari asosida yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.

Waymo yangi platformani bosqichma-bosqich Jaguar I-Pace avtomobillari o‘rniga joriy qilmoqda. Ojai modeli avval Zeekr CM1e va Zeekr RT nomlari bilan ham tilga olingan.

Robotaksi Xitoyda ishlab chiqarilib, AQShda jihozlanadi

Waymo Ojai’ning asosiy avtomobil platformasi Zeekr tomonidan Xitoyning Ninbo shahrida ishlab chiqariladi. Shundan so‘ng avtomobil AQShga jo‘natilib, Arizona shtatining Mesa shahrida avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlanadi.

Zeekr avtomobilning o‘zini yetkazib beradi, Waymo esa avtonom haydash tizimi, hisoblash qurilmalari va sensorlarni o‘rnatadi. Integratsiya jarayonida Magna kompaniyasi ham ishtirok etadi.

Import vaqtida avtomobilga avtonom boshqaruv kompyuterlari, tashqi sensorlar, telematika va ayrim aloqa uskunalari o‘rnatilmagan bo‘ladi. Ular AQShga olib kirilgandan keyin qo‘shiladi.

268 ot kuchiga ega elektromotor o‘rnatilgan

Ojai Geely’ning SEA-M platformasiga asoslangan. Avtomobil orqa o‘qda joylashgan 200 kVt, ya’ni 268 ot kuchiga ega doimiy magnitli elektromotor bilan jihozlangan.

Uning maksimal aylanish momenti 342 Nm ni tashkil etadi. Batareyaning umumiy sig‘imi 93 kVt·soat bo‘lib, faol suyuqlik bilan sovitish tizimiga ega.

Avtomobil uzunligi 4640 mm, g‘ildirak bazasi esa 3000 mm. Salon 2+3 sxemasida ishlab chiqilgan, biroq haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilarga mo‘ljallanmagani sababli robotaksi bir vaqtda to‘rt nafar yo‘lovchini tashiy oladi.

Avvalroq «Kursiv» Zeekr 9X uchun oldindan buyurtmalar 8-iyulda boshlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek