Alisher Samadov o‘rniga Timur Butunbayev: Prezident Administratsiyasida o‘zgarish bo‘ldi

Prezident farmoni bilan Alisher Baxadirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Timur Butunbayev Prezident Administratsiyasida yangi lavozimga tayinlandi

Prezident farmoni bilan Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari – Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmning sobiq IIB rahbari Andijonga IIB boshlig‘i bo‘lgani haqida xabar berilgandi.