Hisob palatasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tegishli farmoyishlari bilan Hisob palatasi hamda Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmatida qator kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Hisob palatasiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Ulug‘bek Mirkamalovich Aripov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.
Jamshid Jaxongirovich Mirzayev esa Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ikki amaldor boshqa lavozimga o‘tdi
Atabek Valijanovich Allaberganov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Sardor Alisherovich Mirzayev Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Kadrlar bo‘yicha tegishli qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan rasmiylashtirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Prezident Administratsiyasida o‘zgarish bo‘lgani haqida yozgandi.