Ortda qolgan haftada nimalar yuz berdi

eʼlon qilindi
31-avgust va 6-sentabr kunlari
Прогноз погоды на 14 октября
Foto: Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan 31-avgust va 6-sentabr kunlari mahalliy va xalqaro maydonda yuz bergan yangiliklarni bir joyga jamladi.

Zangiota tumanidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Pexels.com

31-avgust kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan omborxonalarning birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Zangiota tumani, «Al-Xorazmiy» MFY hududidagi omborda yuzaga kelgan yong‘in bo‘yicha xabar soat 13:44 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olov soat 14:22 da qurshab olinib, 15:10 da to‘liq o‘chirilgan.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilmoqda

Foto: Prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston va Hindiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston va Hindiston munosabatlari rasman keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi. Tomonlar erishilgan barcha kelishuvlar ijrosini tizimli nazorat qilish maqsadida tashqi ishlar vazirlari darajasida ishlaydigan alohida mexanizm tashkil etishni rejalashtirgan.

Buxoro viloyatida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila, Toshkent
Foto: vchalup2 / www.depositphotos.com

2026-yil 31-avgust kuni soat 14:58 da O‘zbekistonning Buxoro viloyati, Gazli shahrida 3,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer silkinishining kuchi markazga eng yaqin bo‘lgan Gazli shahrida 3 ballni (episentrgacha 18 kilometr) tashkil etgan. Shuningdek, yer qimirlashi Peshku tumanida (35 kilometr) va Jondor tumanida (47 kilometr) 2 ball darajasida sezilgan.

Toshkent metrosida poyezdlar qatnovi oralig‘i qisqartiriladi

Foto: Ekran rasmi

Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida darslar soat 08:00 dan boshlanishi sababli, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda jamoat transportida yo‘lovchilar oqimini samarali boshqarish maqsadida qator o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.

Kunning tig‘iz vaqtlarida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish uchun barcha yo‘nalishlarda poyezdlar harakati intervallari kamaytiriladi. Xususan, Chilonzor yo‘nalishida oraliq vaqt 1,5-2 daqiqagacha, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3 daqiqagacha qisqartiriladi. Shuningdek, Yunusobod yo‘nalishida poyezdlar 4 daqiqagacha, Yer usti halqa yo‘lida esa 7-8 daqiqagacha interval bilan harakatlanadi.

O‘zbekistonning to‘rtta hududida mutlaq harorat rekordlari qayd etildi

Jaziramada nega elektr ta’minotidagi muammolar ko‘paydi
Foto: Kursiv Uzbekistan

30-avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havoning maksimal harorati bo‘yicha avvalgi yillarda qayd etilgan ko‘rsatkichlar takrorlandi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi. Samarqand shahrida maksimal havo harorati 38,0 darajani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ushbu sanada 1937-yilda qayd etilgan haroratni takrorladi.

O‘zbekistonda iste’mol lizingini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda iste’mol lizingini joriy etish rejalashtirilmoqda
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun iste’mol lizingini yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tayyorlagan qonun loyihasida fuqarolarga tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda lizing asosida mol-mulk olish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.

Talabalar turarjoyi uchun arizalar qabuli boshlandi

Ayrim toifadagi talabalarga turar joy xarajatlari qoplab beriladi
Foto: yandex

1-avgustdan boshlab talabalar turarjoyiga joylashish uchun arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborish mumkin. Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

iPhone 18 Pro narxi kamida 300 dollarga oshishi mumkin

iPhone 18 Pro narxi kamida 300 dollarga oshishi mumkin
Foto: ITC.ua

Apple’ning sentabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari hozirgi iPhone 17 Pro seriyasiga qaraganda kamida $250 – 300 ga qimmatroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda tahlilchi Jeff Pu ma’lum qildi.

Tahlilchiga ko‘ra, yangi iPhone 18 Pro modellari narxining oshishiga ikki asosiy omil ta’sir qilmoqda. Birinchisi – 2 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqariladigan A20 chiplarining qimmatlashuvi.

Pedagoglar attestatsiyasi uchun arizalar qabuli boshlandi

Pedagoglar attestatsiyasi uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi
Foto: Pixabay

1-avgustdan boshlab pedagog kadrlarning navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishi uchun arizalar qabuli boshlandi. O‘qituvchilar arizani my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali onlayn yuborishi mumkin.

Pedagoglar attestatsiyaga ariza berish uchun my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasiga kiradi. U yerda «Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish» xizmati tanlanadi.

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya hududida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Voyaga yetmaganlar 2026-yil 29-avgust kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali O‘zbekistonga yetib keldi. Shundan so‘ng 12 nafar bolaning barchasi yaqin qarindoshlariga topshirildi.

Bolalar ijtimoiy xizmatlar nazoratida bo‘ladi

Vatanga qaytarilgan bolalarning oilaga moslashuvi, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularga zarur ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettiriladi.

Bu jarayon bolalarning yashash manzili bo‘yicha «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan olib boriladi.

Toshkent metrosida poyezdlar oralig‘i qisqartiriladi

2-sentabrdan yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Toshkent metrosida tig‘iz vaqtlarda poyezdlar harakati oralig‘i qisqartiriladi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Xususan, tig‘iz vaqtlarda Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar oralig‘i 1,5-2 daqiqagacha qisqartiriladi. O‘zbekiston yo‘nalishida bu ko‘rsatkich 3-3,5 daqiqa, Yunusobod yo‘nalishida 4-4,5 daqiqa, yerusti halqa yo‘nalishida esa 7-8 daqiqani tashkil etadi.

Joriy yilda metro uchun keltirilishi rejalashtirilgan 14 ta yangi tarkibning 11 tasi allaqachon liniyalarda ishlamoqda. Yana uchta tarkibni ishga tushirish kutilmoqda.

O‘zbekistonda bojxona tartiblarining bir qator talablari bekor qilinadi

O‘zbekistonda davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

«Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi tasdiqlandi

Farmon bilan 2026 – 2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlari hamda jismoniy shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish etib belgilandi.

Shuningdek, bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash, sun’iy intellekt texnologiyalaridan kengroq foydalanish va raqamlashtirish darajasini oshirish ko‘zda tutilgan.

Toshkent viloyatida mashhur brendlar nomi ostida mahsulot ishlab chiqargan yashirin sex aniqlandi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida mashhur brendlar nomi ostida gigiyenik kosmetika va maishiy kimyo vositalarini qo‘lbola usulda ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan yashirin sex faoliyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Tezkor tadbir davomida sexdan 18 mingdan ortiq tayyor mahsulot, minglab bo‘sh idishlar hamda ishlab chiqarishda foydalanilgan xomashyo ashyoviy dalil sifatida olingan.

«Bilimi yetmaydi»: Mirziyoyev ayrim hudud rahbarlarini keskin tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlardagi ayrim rahbarlarni mavjud resurslardan samarali foydalana olmayotgani va aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha yetarli natijaga erisha olmayotgani uchun tanqid qildi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Bu haqda davlat rahbari 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytdi. 

O‘zbekistonliklar Tailand vizasi uchun Moskvaga borishi lozim

Foto: tilda.com

2026-yil 15-sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun Tailandga vizasiz kirish tartibi bekor qilinadi. Yangi tartibga ko‘ra, mamlakatga borishni istagan fuqarolar oldindan viza rasmiylashtirishi va uning to‘lovini amalga oshirish uchun Rossiyaga, Moskvaga borishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston fuqarolari Tailandga safar qilishdan oldin Tailand Qirolligining rasmiy elektron viza portali orqali ariza topshirishi kerak.

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar nafaqa to‘lanadi

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar nafaqa to‘lanadi
Foto: samarkand.uz

O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lash tizimi joriy etiladi. Bu Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida qayd etildi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xarajatlarini kamaytirish va barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan yangi mexanizmlarni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Hokimlarga 350 ming kishini doimiy ishga joylashtirish vazifasi qo‘yildi

Hokimlarga 350 ming kishini doimiy ishga joylashtirish vazifasi qo‘yildi
Foto: prezident matbuot xizmati

Viloyat va tuman hokimlari oldiga 2026-yilning sentabr – dekabr oylarida aholi bandligini oshirish va 350 ming kishini doimiy ishga joylashtirish vazifasi qo‘yildi. Bu Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida qayd etildi.

Shuningdek, yana 1 mln aholining daromadini oshirish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun hududlardagi mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi daromad manbalarini yaratish va aholini barqaror bandlikka jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Ronaldu hayratda: uning o‘g‘li bir haftada 9 mln dollar sarfladi

Foto: An Nasr

Futbolchi Krishtianu Ronaldu o‘g‘li bir hafta ichida otasining kredit kartasidan $9 mln dan ortiq mablag‘ sarflaganini bilib, uning kartasini «muzlatgani» va akkauntlariga kirishini cheklagani aytilmoqda. Bu haqda Haberler nashri xabar berdi. 

Da’voga ko‘ra, Ronaldu ma’lum vaqt davomida o‘g‘liga kredit kartasidan foydalanishga ruxsat bergan. Biroq futbolchi o‘g‘lining xarajatlarini ko‘rib chiqqanida, hisobdagi $1,8 mln miqdoridagi tranzaksiyaga duch kelgan.

Qashqadaryoda qor yog‘di — foto

Qashqadaryoda qor yog‘di — foto
Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Qashqadaryo viloyatidagi Hisor davlat qo‘riqxonasida havo keskin sovidi. Natijada qo‘riqxonaning Miraki va G‘elon bo‘limlaridagi yuqori tog‘li hududlar qor bilan qoplandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, havo haroratining keskin pasayishi ortidan Miraki va G‘elon bo‘limlarining yuqori qismlariga qor yog‘gan. «Hisor» davlat qo‘riqxonasi G‘elon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlaridan iborat.

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida akula boqilayotgani aniqlandi — video

Foto: ekran tasviri

Farg‘ona shahridagi ko‘p kvartirali uy yerto‘lasida sun’iy hovuz tashkil etilib, unda baliqlar, jumladan, akula yetishtirilayotgani aniqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Holat Farg‘ona shahrining Muruvvat mahallasi, Farg‘ona ko‘chasi 78-uyda o‘tkazilgan monitoring ishlari davomida aniqlangan.

iPhone 18 Pro Max uchun oldindan buyurtma ochildi — narx, tafsilotlar

iPhone 18 Pro Max uchun oldindan buyurtma ochildi — narx
Foto: RIA Novosti / Kirill Zikov

Apple iPhone 18 liniyasini hali rasman taqdim etmadi, biroq Rossiyada iPhone 18 Pro Max uchun erta bron qilish boshlandi. «Ria Novosti» yozishicha, 256 GB xotirali eSIM-versiya 199 990 rubl ($2,3 ming)ga taklif qilinmoqda.

Bron qilish 4 – 8-sentabr kunlari restore sayti va ilovasi orqali amalga oshiriladi. Aksiya doirasida kafolatlangan narxda atigi 100 dona smartfon ajratilgan. Kompaniya qurilmalarni jahon savdosi boshlanganidan keyin, sentabrning uchinchi o‘n kunligida yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

«AQShda tug‘ilsa, fuqarolik oladi» qoidasi: Tramp qarori to‘xtatildi

«AQShda tug‘ilsa, fuqarolik oladi» qoidasi: Tramp qarori to‘xtatildi
Foto: American Progress

AQShda mamlakat hududida tug‘ilgan chaqaloqlarga fuqarolik berishni cheklashga qaratilgan prezident Donald Tramp farmoni ijrosi yana to‘sib qo‘yildi. Bu haqda Euronews nashri xabar berdi.

Merilend okrug sudi ma’muriyatga ushbu hujjatni amalga oshirishni taqiqladi.

Sud qaroriga ko‘ra, AQSh Davlat kotibi, Bosh prokurori, Ichki xavfsizlik vaziri, Fuqarolik va immigratsiya xizmati direktori hamda Ijtimoiy ta’minot ma’muriyati rahbari va ularning vakillari farmonni qo‘llashi yoki ijro etishi mumkin emas.

Shomurodov va Fayzullayev «Galatasaray»ga qarshi o‘yindan keyin qanday baholandi

Shomurodov va Fayzullayev «Galatasaray»ga qarshi o‘yindan keyin qanday baholandi
Foto: sports.kz

Turkiya Superligasining to‘rtinchi turida «Istanbul Bashakshehir» «Galatasaray»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Flashscore portali uchrashuvdan so‘ng futbolchilarning o‘yinini baholadi.

iPhone Ultra narxi ochiqlandi

iPhone Ultra narxi ochiqlandi
Foto: Grok SI

Apple’ning yangi iPhone Ultra modeli AQShda taxminan $2 mingdan sotuvga chiqishi mumkin. Vodafone operatorlari ma’lumotlarida qurilmaning narxi va xotira variantlari paydo bo‘lgan, biroq Apple bu ma’lumotlarni hozircha rasman tasdiqlamagan. Bu haqda Mydrivers xabar berdi.

Avstraliyadagi ma’lumotlarga ko‘ra, 256 GB xotirali iPhone Ultra 3 699 Avstraliya dollari, 512 GB versiya 4 199 dollar, 1 TB xotirali model esa 4 699 Avstraliya dollari turishi mumkin.

Javohir Sindarov Hindistonda o‘ziga xos tarzda kutib olindi — video

Javohir Sindarov Hindistonda o‘ziga xos tarzda kutib olindi — video
Foto: Instagram

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Hindistonning Bengaluru shahrida an’anaviy tarzda kutib olindi. Shaxmatchi Tech Mahindra Global Chess League 2026 turnirida qatnashish uchun Hindistonga yetib borgandi.

Chess with Lokesh Instagram sahifasida Sindarovning mehmonxonaga kelgan payti aks etgan video e’lon qilindi.

Shuningdek