7 – 11-sentabr kunlari poytaxtning uchta tumanida issiq suv o‘chiriladi

Toshkent shahrining uchta tumanidagi ayrim uylar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent issiqlik ta’minoti operatori xabar berdi.
Cheklovlar 7 – 11-sentabr kunlari profilaktika ishlari sabab joriy etiladi.
Qaysi hududlarda issiq suv bo‘lmaydi
Mirzo Ulug‘bek tumanida «Uyg‘onish» MFY va TTZ-2 massividagi ayrim ko‘p qavatli uylar hamda 512 va 80-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida issiq suv 7 – 11-sentabr kunlari o‘chiriladi.
Shayxontohur tumanidagi «Samarqand darvoza» MFY, Uchlola ko‘chasidagi 1-sonli uyda esa cheklov 7 – 9-sentabr kunlari amal qiladi.
Yashnobod tumanining «Movarounnahr» MFY, Nukus ko‘chasi – MKAD hududidagi 2, 2/1, 2/2, 4, 4/1, 6, 6/1, 6/2 va 8-sonli uylarda ham 7 – 9-sentabr kunlari issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.
Sababi nima
Veolia Energy Tashkent ma’lumotiga ko‘ra, vaqtinchalik cheklovlar issiqlik ta’minoti tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash doirasida amalga oshirilmoqda.
Profilaktika ishlari yakunlangach ko‘rsatilgan manzillarda issiq suv ta’minoti qayta tiklanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Buxoro suv ta’minoti» AJ sobiq xodimi firibgarlikda gumon qilinayotgani haqida yozgandi.