«Bunyodkor» stadionining «svet»dan 3 mlrd so‘m qarzi borligi aniqlandi

eʼlon qilindi
Elektr yo‘qligi sababli O‘zPFL ofisi vaqtincha masofadan ishlash rejimiga o‘tgan
Foto: Uzbekistan.travel

«Bunyodkor» stadionida elektr ta’minoti qarzdorlik sabab 4-sentabrdan to‘liq uzildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, elektr yo‘qligi sababli O‘zPFL ofisi vaqtincha masofadan ishlash rejimiga o‘tgan.

Liga serverlari ishlamay qoldi

Elektr ta’minotidagi uzilish Superliga va Proliga uchrashuvlarining translyatsiyalariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Rasmiy uchrashuvlar vaqtida O‘zPFL translyatsiya signallarini qabul qilib, ularni markazlashtirilgan holda turli platformalar orqali qayta uzatadi. Biroq stadiondagi elektr ta’minoti uzilgani sababli Liga serverlari to‘liq ishlamay qolgan.

Shu bois hozirda uchrashuvlar signallarini qayta uzatishda tashqi serverlardan foydalanilmoqda. Bu esa translyatsiya sifati pasayishiga olib kelmoqda.

Murojaatlar elektron pochta orqali qabul qilinadi

O‘zPFL Liga bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaat qiluvchi tashkilotlar va jismoniy shaxslardan murojaatlarni info@pfl.uz elektron pochta manziliga yuborishni so‘ragan.

Manbalarga ko‘ra, stadionning elektr energiyasidan qarzi qariyb 3 mlrd so‘mni tashkil etadi. 

Avvalroq  Jahongir Ortiqxo‘jayev «Paxtakor» klubi bilan hamkorlikni yakunlagach, «sherlar» boshqaruvi Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga qaytayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek