Farg‘onada yangi xalqaro aviakompaniya tashkil etilishi mumkin

eʼlon qilindi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov «Kam Air» kompaniyasi rahbari Umar Muhammad Sulaymon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Foto: viloyat hokimligi matbuot xizmati

Farg‘ona viloyatida Afg‘onistonning «Kam Air» kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi xalqaro aviakompaniya tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov «Kam Air» kompaniyasi rahbari Umar Muhammad Sulaymon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda «Uzbekistan Airports» AJ Tijoriy faoliyat departamenti boshlig‘i Timur Xalilov ham qatnashdi.

Yangi aviakompaniya tashkil etish tashabbusi ilgari surildi

Muloqot davomida Farg‘onada yangi xalqaro aviakompaniya tashkil etish tashabbusi yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar loyihani amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar, zarur infratuzilmani yaratish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, tegishli tashkilotlar va soha mutaxassislari ishtirokida loyihani amaliy bosqichga olib chiqish hamda ishlarni xalqaro standartlar asosida tashkil etish choralari ko‘rib chiqildi.

Afg‘oniston bilan hamkorlik kengaymoqda

Uchrashuvda joriy yil 26 – 27-iyul kunlari Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasi ham muhokama qilindi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bilan bir qatorda, aviatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga ham e’tibor qaratdi.

Uchrashuv yakunida istiqboldagi hamkorlik bo‘yicha navbatdagi vazifalar kelishib olindi.

Avvalroq O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi Tailandga parvozlarni tasdiqlangan jadval asosida davom ettirayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek