Xiaomi 18 Fold taqdimotdan oldin keramika korpusda ko‘rsatildi

7-sentabr 2026 12:08 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Xiaomi 18 Fold taqdimotdan oldin keramika korpusda ko‘rsatildi
Foto: Xiaomi

Xiaomi rahbari Lu Veybing 7-sentabr kungi rasmiy taqdimotdan bir necha soat oldin Xiaomi 18 Fold buklanadigan smartfonining Ceramic Special Edition versiyasini namoyish etdi. Yangi variant keramika korpus bilan ajralib turadi.

Shu tariqa Xiaomi 18 Fold hozircha kamida to‘rtta tashqi ko‘rinishda taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi.

To‘rtta rang varianti ma’lum

Keramika versiyasidan tashqari, Xiaomi 18 Fold qizil, oltin-oq va to‘q kulrang ranglarda ham chiqarilishi kutilmoqda.

Ceramic Special Edition’ning keramika korpusdan tashqari boshqa farqlari hozircha ochiqlanmagan.

Xiaomi 18 Fold’ning rasmiy taqdimoti bugun, 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Kompaniya avvalroq ushbu buklanadigan smartfonni IFA 2026 ko‘rgazmasida ham namoyish qilgan edi.

Qurilmaning batafsil texnik xususiyatlari, narxi va sotuv boshlanish sanasi bugungi tadbir davomida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi 18 Fold 200 Mp Leica kameraga ega bo‘lishi haqida ma’lumot berilgandi. Kompaniya rahbari Lu Veybing ma’lum qilishicha, smartfonda turli masofalarda sifatli suratga olishga mo‘ljallangan kamera tizimi qo‘llanadi.

Shuningdek