70 yoshli ona asrab olgan qizini maymunga almashtirdimi

eʼlon qilindi
Linkoln okrugi sudyasi Tomas Frashley 3-sentabr kuni Deutschni bolaga xavf tug‘dirishda aybdor deb topilgan ish bo‘yicha hukm chiqardi
Foto: People

3-sentabr kuni AQShning Missuri shtatida 70 yoshli ayol asrab olingan bolaning hayotini xavf ostida qoldirgani uchun sud qilindi. Bu haqda People xabar berdi.

Linkoln okrugi sudyasi Tomas Frashley 3-sentabr kuni Deutschni bolaga xavf tug‘dirishda aybdor deb topilgan ish bo‘yicha hukm chiqardi. Unga, shuningdek, maslahat olish majburiyati yuklatildi va asrab oluvchi ota-ona litsenziyasi bekor qilindi.

Sudya maymunga almashtirish bo‘yicha ayblov bo‘lmaganini aytdi

Deutsch 15-iyun kuni birinchi darajali bolaga xavf tug‘dirish ayblovini tan olgan. Ish materiallariga ko‘ra, u asrab olgan qizni Texasdagi sanitariya sharoitlari yomon va nazorat yetarli bo‘lmagan uyda qarovsiz qoldirgan.

Sudya Frashley hukm vaqtida Deutschning aynan shu holat bo‘yicha sudlanganini ta’kidladi. Uning aytishicha, ayol qizni maymunga almashtirgani yoki boshqa zo‘ravonlik harakatlari uchun sudlanmagan.

Shuningdek, bolaga nisbatan zo‘ravonlik yoki qarovsiz qoldirish bilan bog‘liq yana ikki ayblov kelishuv doirasida bekor qilingan.

Qiz Texasda bir necha kun qarovsiz qolgan

Ish materiallariga ko‘ra, 2024-yil noyabrida Deutsch asrab olgan qiziga jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilayotgani haqida anonim xabar berilgan.

Keyingi tergov davomida qiz Deutsch uni oyoq kiyim, yog‘och bo‘lagi va boshqa buyumlar bilan urganini aytgan. Shuningdek, unga yetarlicha ovqat berilmagani ham da’vo qilingan.

2025-yil fevralida qizning maktabga kelmayotgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilganda, u Texasda ekani aniqlangan. Shu jarayonda qiz ekzotik hayvonga almashtirilgani haqida mish-mish ham tergovchilarga yetib kelgan.

Texasdagi ayol qizga Deutsch bilan kelishmovchiliklari sabab yordam berayotganini bildirgan. Keyinchalik u qizga qarashni istamagan. Qizni qaytarish uchun aviachipta masalasida ham muammo yuzaga kelgan.

21-fevral kuni qiz boshqa bir shaxs tomonidan Texasdagi Eastland okrugi sherif idorasiga olib borilgan. Shundan so‘ng Texas bolalarni himoya qilish xizmati uning vasiyligini o‘z zimmasiga olgan.

Qiz tergovchilarga Texasdagi uyda ba’zan bir necha kun yolg‘iz qolganini va ekzotik hayvonlarga qaraganini aytgan.

Deutsch yana boshqa jinoyatlarda ham ayblanmoqda

Brenda Deutschga nisbatan yana uchta qalbakilashtirish va bitta o‘g‘irlik ayblovi mavjud.

Tergovchilarga ko‘ra, u ko‘rsatilmagan xizmatlari uchun soxta hisob-fakturalar taqdim etib, shtatdan 962,50 dollar olgan.

Deutschning advokati esa ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar va jamoatchilik tanqidi uning obro‘siga jiddiy zarar yetkazganini, mijozining OAVda tasvirlangan shaxs emasligini ta’kidlagan.

Sud hukmiga ko‘ra, Deutsch qamoq o‘rniga uch yil davomida davlat nazoratidagi probatsiyada bo‘ladi.

Avvalroq Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 7 yoshli bola o‘gay otasi tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgandi. 

Shuningdek