«Hokim bo‘lish narxi 210 ming dollar»: Farg‘onada firibgarlar ushlandi

eʼlon qilindi
U kelishilgan pulning $100 mingini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan
Foto: Bosh prokuratura

Farg‘ona viloyatida fuqaroni yuqori lavozimga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. U o‘zini O‘zbekiston Respublikasi hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirib, tanishlari orqali Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga tayinlanishni va’da qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Lavozim uchun $210 ming so‘ragan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, uni $210 ming evaziga Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytgan.

U kelishilgan pulning $100 mingini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahrida uch nafar xorijiy fuqaroga O‘zbekistonga kirish vizalarini noqonuniy yo‘l bilan rasmiylashtirib berishni va’da qilgan ikki shaxs ushlangandi. 

Shuningdek