Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Agentlik

eʼlon qilindi
Ijtimoiy reyestr ehtiyojmand aholini aniqlash, ularni ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olish hamda zarur yordam va xizmatlarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentlik

Ijtimoiy himoya milliy agentligi fuqarolarni Ijtimoiy reyestrdan chiqarish bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fikrlarga munosabat bildirdi. 

Agentlikka ko‘ra, oilaning Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgani uning avtomatik ravishda kambag‘allikdan chiqqanini anglatmaydi.

Reyestrning vazifasi kambag‘allik statistikasini yuritish emas

Ijtimoiy reyestr ehtiyojmand aholini aniqlash, ularni ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olish hamda zarur yordam va xizmatlarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

Agentlikning ta’kidlashicha, reyestrdan chiqarish belgilangan reja yoki statistik ko‘rsatkichlarni bajarish maqsadida emas, balki oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati amalda yaxshilangani va belgilangan mezonlarga javob bergani asosida amalga oshirilishi kerak.

Ma’lum bir hududdagi kambag‘allik darajasi esa Jahon banki metodologiyasi asosida belgilangan standartlar bo‘yicha o‘tkaziladigan so‘rovlar natijasida aniqlanadi.

Reyestrdan chiqarilgan oilalar qayta tekshirilmoqda

Hozirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya inspeksiyasi tomonidan reyestrdan chiqarilgan oilalar bo‘yicha nazorat ishlari olib borilmoqda.

Tekshiruvlar davomida qabul qilingan qarorlarning belgilangan mezonlar va amaldagi tartiblarga muvofiqligi o‘rganiladi.

Agentlikning qayd etishicha, asosiy maqsad fuqarolarni shunchaki reyestrdan chiqarish emas, balki oilalarni haqiqatan ham kambag‘allikdan chiqarish va ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyaga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashdan iborat.

Avvalroq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat yordami ko‘rsatilishining raqobatga ta’sirini baholash tartibi belgilani haqida xabar berilgandi. 

Shuningdek