Jarimaning 10 foizi: litsenziya buzilishi haqida xabar berganlar mukofotlanadi

eʼlon qilindi
Xabar 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi
Toshkent Invest kompaniyasining litsenziyasi bekor qilindi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga oid huquqbuzarliklar haqida vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Agar xabar tasdiqlanib, aybdordan jarima undirilsa, xabar bergan shaxsga jarimaning 10 foizi miqdorida bir martalik mukofot beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar va tashkilotlar litsenziyalash, ruxsat berish yoki xabardor qilish tartiblariga oid aniqlangan huquqbuzarliklar haqida maxsus elektron tizim yoki Adliya vazirligining mobil ilovasi orqali vakolatli organlarga xabar berishi mumkin.

Agar huquqbuzarlik foto yoki videoga olingan bo‘lsa, materiallarda huquqbuzarlikning o‘zi, huquqbuzar haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa ular, shuningdek, voqea sodir bo‘lgan sana va vaqt aks etishi kerak.

Xabar 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi

Taqdim etilgan ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi. Agar xabar asosli ekani tasdiqlansa va vakolatli organ yoki sud aybdorni javobgarlikka tortish haqida qaror chiqarsa, keyingi bosqichda jarima undirilishi mumkin.

Aybdor shaxsdan jarima amalda undirilgan taqdirda, huquqbuzarlik haqida xabar bergan jismoniy yoki yuridik shaxs undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ayrim faoliyatlarni uch oy litsenziyasiz boshlash mumkinligi haqida ma’lumot berilgandi. Qonunchilikka kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, tadbirkor faoliyatini boshlashdan oldin vakolatli organga maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bepul xabarnoma yuborishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek