Yangi Toshkentdagi qurilishda yong‘in chiqdi — video
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan

8-sentabr kuni Yangi Toshkent tumani hududidagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Yong‘in soat 15:40 da o‘chirildi
FVV ma’lumotiga ko‘ra, qurilish obyektining yuqori qismida qurilish mahsulotlari yonayotgani haqida 112 tizimi orqali xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:40 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Avvalroq Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan omborxonalarning birida yong‘in yuz bergandi.