Asaubayeva Sindarovning jamoasini orqaga tortyapti

9-sentabr 2026 10:54 eʼlon qilindi

Muhammad Hodiyev

Muhammad Hodiyev

Muxbir
Foto: Chesswood

Qozog‘iston ayollar terma jamoasi yetakchisi Bibisara Asaubayeva Hindistonning Bengaluru shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli Tech Mahindra Global Chess League – 2026 musobaqasida ketma-ket oltinchi partiyasida ham g‘alaba qozona olmadi. Bu haqda Sport.kz xabar berdi.

FYERS American Gambits safida ishtirok etayotgan shaxmatchi olti turdan so‘ng to‘rtta durang va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan.

Asaubayeva olti partiyada g‘alabasiz qoldi

Asaubayeva musobaqani PBG Alaskan Knights vakili rossiyalik Ekaterina Lagno bilan durang o‘ynab boshlagan. Keyingi partiyada u Triveni Continental Kings safidagi xitoylik Chju Jiner bilan ham ochkolarni bo‘lishib oldi.

Shundan so‘ng qozog‘istonlik shaxmatchi Ganges Grandmasters vakili Polina Shuvalovaga mag‘lub bo‘ldi. Keyingi uchrashuvda esa Alpine APL Pipers vakili, hindistonlik Divya Deshmux bilan durang qayd etdi.

8-sentabr kuni Asaubayeva avval CheQ Mumba Masters safidagi hindistonlik Harika Dronavalliga qarshi durang o‘ynadi. Kechki bahsda esa yana Ekaterina Lagno bilan to‘qnash kelib, bu safar mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa u olti partiyada 4 ochko jamg‘argan va hali individual g‘alabaga erisha olmagan.

Sindarov jamoasi yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda

Asaubayeva ishtirok etayotgan FYERS American Gambits esa musobaqada yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda. Jamoa tarkibida O‘zbekiston vakili, jahon chempionligi uchun da’vogar Javohir Sindarov ham bor.

Jamoaning muvaffaqiyatlarida erkaklar taxtasidagi natijalar muhim rol o‘ynamoqda. Sindarov bilan birga hindistonlik grossmeyster Arjun Erigaisi ham turnirning kuchli ishtirokchilari qatorida.

Tech Mahindra Global Chess League – 2026 musobaqasining umumiy mukofot jamg‘armasi $1 mlnni tashkil etadi. Turnir 13-sentabr kuni yakunlanadi.

Avvalroq Javohir Sindarov besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni mag‘lub etgandi.

Shuningdek