Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan uch kishidan birining jasadi topildi

eʼlon qilindi
Qolgan ikki kishini qidirish ishlari davom ettirilmoqda
Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan uch kishidan birining jasadi topildi
Foto: FVV

Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lidan birining jasadi topildi. Qolgan ikki kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2-sentabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, «Burchmulla» MFY hududidagi Chorvoq suv omborida uch nafar fuqaro – ota va uning ikki o‘g‘li katerda sayrga chiqqan. Ular suvga tushish taqiqlangan hududda himoya nimchalarisiz suvga tushib, cho‘kib ketgan.

Qidiruv ishlariga qo‘shimcha kuchlar jalb qilindi

Xabar kelib tushgach, FVV g‘avvos-qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib, qidiruv ishlarini boshlagan.

Suv omborining chuqurligi va qidiruv hududining kengligini hisobga olib, hodisa joyida maxsus shtab tashkil etilgan. Shuningdek, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan qo‘shimcha kuchlar jalb qilingan.

Shuningdek, o‘qing: Toshkentdagi Milliy bog‘da 4 yoshli qiz cho‘kib ketdi

Bir kishining jasadi topildi

FVV ma’lumotiga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun soat 13:02 da cho‘kib ketgan fuqarolardan birining jasadi topilgan.

Qolgan ikki kishini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karmanadagi Zarafshon daryosida uch fuqaro cho‘kib, vafot etgandi. Hodisa 8-iyul kuni soat 13:50 da Katta masjid mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, uch nafar fuqaro daryoga cho‘milish uchun borgan va ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.

Shuningdek