Dollar pasaydi: 10-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
9-sentabrda 23,88 so‘mga oshib, 11 813,21 so‘m bo‘lgan edi
Dollar pasaydi: 10-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

10-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 15,29 so‘mga tushib, 11 797,92 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

3-sentabrdan pasayish tendensiyasi davom etib, dollar 7,39 so‘mga tushib, 11 813,09 so‘m, 4-sentabrda 18,09 so‘mga tushib, 11 795 so‘mni va 7-sentabrda yana 9,70 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘mni tashkil qildi. 8-sentabrda 4,03 so‘mga oshib, 11 789,33 so‘m, 9-sentabrda esa 23,88 so‘mga oshib, 11 813,21 so‘m bo‘lgan edi.

Yevro kursida oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 20 so‘mga oshib, 13 739,86 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 1,29 so‘mga oshib, 138 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 8-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek