Oppo A7 Pro smartfoni rasman taqdim etildi

9-sentabr 2026 07:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oppo A7 Pro smartfoni rasman taqdim etildi
Manba: Oppo

Oppo kompaniyasi tomonidan Xitoy bozorida yangi Oppo A7 Pro smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda Notebookcheck nashri xabar bermoqda.

Model katta sig‘imli 8000 mA/soat batareya, 120 Hz chastotali OLED ekran, Sony sensori asosidagi 50 MP kamera hamda IP69K darajasidagi chang va suvdan himoya bilan jihozlangan.

Smartfonning boshlang‘ich narxi $330 etib belgilandi. Kuchliroq xotira konfiguratsiyasi esa $370 ga baholangan.

8000 mA/soat batareya o‘rnatilgan

Foto: Oppo

Oppo A7 Pro’ning asosiy xususiyatlaridan biri 8000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘ldi. Shunga qaramay, qurilmaning qalinligi 8,8 millimetr, vazni esa 205 grammni tashkil qiladi.

Batareya 45 Vt quvvatli tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Katta sig‘im smartfonni uzoq vaqt quvvat manbaiga ulamasdan ishlatishga mo‘ljallangan modellardan biriga aylantiradi.

Ekran 120 Gts chastotani qo‘llab-quvvatlaydi

Smartfon 6,57 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan. Ekran o‘lchami hozirgi ayrim yirik flagmanlarga qaraganda ixchamroq bo‘lsa-da, uning aniqligi 2372 × 1080 pikselni tashkil etadi.

Displeyning yangilanish chastotasi 120 Hz, maksimal yorqinligi esa 1400 nitgacha yetadi. Barmoq izi skaneri ekran ostiga joylashtirilgan.

Foto: Oppo

IP69K darajasida himoya

Oppo A7 Pro IP69K standartiga muvofiq chang va suvdan himoyalangan. Bu iste’mol elektronikasida uchraydigan eng yuqori himoya darajalaridan biri hisoblanadi.

Bunday himoya qurilmaning chang kirishiga, suv ta’siriga hamda yuqori bosim ostidagi suv oqimiga nisbatan chidamliligini oshiradi.

Asosiy kamerada Sony sensori ishlatilgan

Smartfonning asosiy kamerasi 50 MP aniqlikdagi Sony sensori bilan jihozlangan. Old kamera esa 8 MP aniqlikda suratga olish imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchi asosiy kameraning aynan qaysi Sony sensori ekanini keltirilgan ma’lumotlarda ochiqlamagan.

Dimensity 6360 Max protsessori

Oppo A7 Pro MediaTek Dimensity 6360 Max platformasida ishlaydi. Smartfon ikki xil xotira konfiguratsiyasida taklif qilinadi: 6 GB tezkor va 256 GB doimiy xotirali versiya hamda 8 GB tezkor va 256 GB doimiy xotirali variant.

Qurilma Wi-Fi 5, Bluetooth 5.4 va NFC texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, unda sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi mavjud.

Avvalroq «Kursiv» Samsung yangi Samsung Galaxy A07s smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek