O‘qituvchilarga 1-oktabr munosabati bilan qancha mukofot puli beriladi

eʼlon qilindi
Mukofot miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori asos qilib olinadi
Foto: Biznesrivoj

Pedagog va rahbar xodimlarga «1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha bir martalik mukofot puli berilishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarorida belgilangan.

Mukofot miqdori 75 foizgacha oshirildi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbarlar «1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha mukofotlanishi mumkin edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli 51-son farmoni bilan ushbu miqdor 75 foizgacha oshirildi.

Mukofot qanday hisoblanadi

Mukofot miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori asos qilib olinadi.

Hozirda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming so‘m etib belgilangan.

Shundan kelib chiqib, uning 75 foizi 1 mln 20 ming so‘mni tashkil qiladi.

Demak, yangi tartibga ko‘ra, pedagog va rahbar xodimlarga «1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi kutilmoqda.

Bunda yakuniy to‘lov miqdori jamg‘armadagi mavjud mablag‘lardan kelib chiqib belgilanadi.

Avvalroq umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarni pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga maqsadli qabul qilish tizimi joriy etilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek