Shvetsiya va Polshadan 27 nafar o‘zbekistonlik charter reys bilan qaytarildi

eʼlon qilindi
Ular migratsiya qonunchiligini buzgan
UzAirways
Foto: Uzairways

Shvetsiya va Polsha migratsiya qonunchiligini buzgan O‘zbekistonning 27 nafar fuqarosi charter reys orqali Toshkentga olib kelindi. Ularning qaytarilishi O‘zbekiston, Shvetsiya va Polsha vakolatli idoralari hamkorligida amalga oshirildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotda bu choralar xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani qayd etildi.

Shuningdek o‘qing: Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Migratsiya qoidalariga rioya qilish eslatildi

Shuningdek, xorijga chiqayotgan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va migratsiya qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Migratsiya agentligiga yangi direktor tayinlangandi. O‘zbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq, Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori etib tayinlandi.

Agentlik O‘zbekiston fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish, mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish hamda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek