Toshkent – Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
10-sentabrdan Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida zamonaviy CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Foto: trainfoto

10-sentabrdan Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida zamonaviy CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shu kundan boshlab Farg‘ona vodiysiga qatnovchi qator poyezdlarning harakat jadvali ham o‘zgaradi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentdan Andijonga yangi elektropoyezd qatnaydi

730-sonli Toshkent – Andijon poyezdi Toshkent-yo‘lovchi bekatidan soat 09:20 da jo‘naydi. Poyezd Angrenga 10:25, Popga 12:00, Qo‘qonga 12:28, Marg‘ilonga 13:00 da yetib boradi va Andijonga 13:35 da kirib keladi.

729-sonli Andijon – Toshkent poyezdi esa Andijondan 15:38 da yo‘lga chiqadi. U Marg‘ilondan 16:11, Qo‘qondan 16:43, Popdan 17:11, Angrendan 18:50 da o‘tib, Toshkent-yo‘lovchiga 19:53 da yetib keladi.

Elektropoyezd tarkibida to‘rtta ekonom klass vagoni bo‘ladi. Ulardan uchtasida 95 nafardan, bittasida esa 72 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan o‘rinlar mavjud.

Qator poyezdlarning jadvali o‘zgaradi

10-sentabrdan boshlab Farg‘ona vodiysi yo‘nalishidagi boshqa poyezdlar harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.

Xususan:

  • 97/95-sonli Andijon – Toshkent — Andijondan 17:30 da jo‘naydi, Toshkentga 00:27 da yetib keladi;
  • 96-sonli Toshkent – Andijon — Toshkentdan 04:55 da jo‘naydi, Andijonga 11:43 da yetib boradi;
  • 98/94-sonli Toshkent – Andijon — Toshkentdan 07:14 da jo‘naydi, Andijonga 13:48 da yetib keladi;
  • 731-sonli Andijon – Toshkent — Andijondan 06:35 da jo‘naydi, Toshkentga 13:15 da yetib keladi;
  • 732-sonli Toshkent – Andijon — Toshkentdan 17:50 da jo‘naydi, Andijonga 23:58 da yetib boradi;
  • 6312-sonli Qo‘qon – Andijon — Qo‘qondan 06:05 da jo‘naydi, Andijonga 08:44 da yetib keladi;
  • 6313-sonli Andijon – Qo‘qon — Andijondan 17:08 da jo‘naydi, Qo‘qonga 19:45 da yetib boradi.

Shuningdek, 7091-sonli Qo‘qon – Namangan – Andijon – Qo‘qon poyezdi Qo‘qondan soat 05:30 da jo‘naydi, Namanganga 07:51, Andijonga 10:40 da yetib keladi va Qo‘qonga 13:42 da qaytadi.

7093-sonli Qo‘qon – Namangan poyezdi 14:15 da Qo‘qondan jo‘nab, 16:36 da Namanganga yetib boradi. 7094-sonli Namangan – Qo‘qon poyezdi esa soat 17:00 da yo‘lga chiqib, 19:16 da Qo‘qonga yetib keladi.

Uzoq yo‘nalishdagi poyezdlar ham yangi jadvalda harakatlanadi

Xiva/Urganch – Andijon, Andijon – Xiva/Urganch, Andijon – Qo‘ng‘irot va Qo‘ng‘irot – Andijon, shuningdek, Andijon – Termiz va Termiz – Andijon yo‘nalishlaridagi poyezdlarning ham jadvali yangilanadi.

91, 92 va 93-sonli poyezdlar jadvaliga esa mos ravishda 12, 14 va 15-sentabrdan o‘zgartirishlar kiritiladi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» yo‘lovchilardan safar oldidan poyezdlarning yangilangan harakat jadvali bilan tanishib olishni so‘radi.

Avvalroq Parkent – Toshkent – Parkent yo‘nalishida yangi shaharlararo elektr poyezdi yo‘lovchilar uchun foydalanishga topshirilgandi.

Shuningdek