Toshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD jarima maydoniga qo‘yildi

eʼlon qilindi
Haydovchi yo‘l bermagani qasddan bo‘lmaganini aytdi
Anomal issiqda «Tez yordam»ga 166 mingdan ortiq chaqiriq bo‘ldi
Foto: SSV

Toshkentda tez tibbiy yordam avtomobiliga yo‘l bermagan BYD haydovchisiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan holatdan so‘ng BYD haydovchisining shaxsi aniqlangan va u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Haydovchi yo‘l bermagani qasddan bo‘lmaganini aytdi

Haydovchining tushuntirishicha, u Chilonzor yo‘nalishida harakatlanayotgan paytda orqadan kelayotgan tez yordam mashinasini sezmay qolgan.

«Bu qasddan bo‘lmagan. Oynalar yopiq, konditsioner ishlayotgan, musiqa ham qo‘yilgan edi. Shu sabab sirenani eshita olmay qolganman», – dedi haydovchi.

U bunday holat boshqa takrorlanmasligini va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishini aytgan.

Shuningdek o‘qing: Anomal issiqda «Tez yordam»ga 167 mingga yaqin chaqiriq bo‘ldi

Avtomobil jarima maydoniga joylashtirildi

YHXB xodimlari haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirgan. Transport vositasi esa vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov xizmat avtomobilida yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. Hodisa oqibatida hokim va uning o‘g‘li jarohatlangan. Eshpo‘latov hozirda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.

Shuningdek