Xorazmda yomg‘ir, Buxoroda chang: 10-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

10-sentabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet»ning prognozida ma’lum qilindi.
Respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi eng yuqori harorat ayrim janubiy hududlarda 38 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Toshkentda havo 37 darajagacha isiydi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3 – 8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi havo harorati 18–20 daraja, kunduzi esa 35–37 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmagan. Bu hududlarda kechasi 15–20 daraja, kunduzi 32–37 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Shamol sharqdan sekundiga 7 – 12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 11–16 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi. Shu tariqa mazkur hududlarda kunduzgi harorat mamlakatning boshqa qismlariga nisbatan ancha past bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiyda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida ham yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Sharqdan esadigan shamol tezligi sekundiga 7 – 12 metrni tashkil etadi, ayrim joylarda esa 13 – 18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kuchli shamol ba’zi hududlarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.
Kechasi havo 15–20 daraja, kunduzi esa 32–37 darajagacha isiydi.
Janubda harorat 38 darajagacha ko‘tariladi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo biroz bulutli bo‘ladi, sharqdan sekundiga 7 – 12 metr tezlikda shamol esadi.
Kechasi harorat 15–20 darajani tashkil etsa, kunduzi 33–38 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu 10-sentabr kuni mamlakat bo‘yicha prognoz qilinayotgan eng yuqori harorat hisoblanadi.
Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan sekundiga 5 – 10 metr tezlikda esadi. Kechasi 15–20 daraja, kunduzi esa 32–37 daraja issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Tog‘larda harorat 23–28 daraja bo‘ladi
Respublikaning tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo biroz bulutli va ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Kechasi havo harorati 12–17 daraja, kunduzi esa 23–28 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan sekundiga 7 – 12 metr tezlikda esadi.
Avvalroq «Kursiv» 9-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.