Avtobuslarda yo‘lkira to‘lamayotgan yo‘lovchilar 68 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida 4,7 ming nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan
Yanvarda yo‘l haqini to‘lamaganlar uchun 11 mingdan ortiq bayonnoma rasmiylashtirildi
Foto: Transport vazirligi

Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga qarshi nazorat reydlari kuchaytirildi. Transport vazirligiga ko‘ra, sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida 4,7 ming nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi ma’lumotiga ko‘ra, avgust oyida yo‘lkira haqini to‘lamasdan harakatlangan 10,8 ming nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Bu kuniga o‘rtacha 350 ta holatga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, o‘qing: 1-sentabrdan avtobusga chiqqan zahoti yo‘lkira haqini to‘lash kerak bo‘ladi

Sentabrda kunlik holatlar soni 68 foizga oshgan

Sentabr oyining 8-sanasiga qadar esa yo‘lkira haqini to‘lamagan 4,7 ming nafar yo‘lovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Bu kuniga o‘rtacha 587 ta holatni tashkil etadi. Shu tariqa sentabrning dastlabki sakkiz kunida kunlik o‘rtacha bayonnomalar soni avgustga nisbatan 237 taga yoki qariyb 68 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent maktablarida o‘quvchilarni xavfsiz va qulay tashish uchun School Bus tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganilayotgani haqida xabar berilgandi. Dastlabki so‘rov natijalariga ko‘ra, ota-onalar va vasiylarning 73,5 foizi maxsus maktab avtobuslari qatnovini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek