Dollar yana tushdi: 11-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
10-sentabr kuni 15,29 so‘mga tushib, 11 797,92 so‘m bo‘lgan edi
Dollar yana tushdi: 11-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

11-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 14,45 so‘mga tushib, 11 783,47 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

4-sentabrda 18,09 so‘mga tushib, 11 795 so‘mni va 7-sentabrda yana 9,70 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘mni tashkil qildi. 8-sentabrda 4,03 so‘mga oshib, 11 789,33 so‘m, 9-sentabrda esa 23,88 so‘mga oshib, 11 813,21 so‘m, 10-sentabr kuni 15,29 so‘mga tushib, 11 797,92 so‘m bo‘lgan edi.

Yevro kursida tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 51 so‘mga tushib, 13 688,86 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 1,7 so‘mga oshib, 139,70 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 10-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi. 

Shuningdek