Ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida savdo va servis ochish tartibi o‘zgarishi mumkin

eʼlon qilindi
Bunda tadbirkorlikni boshlash uchun xabardor qilishning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin
2026-yilda 140 ming xonadonli uylar foydalanishga topshiriladi
Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xonadonlarni noturarjoy toifasiga o‘tkazmasdan turib savdo va servis faoliyatiga moslashtirishga ruxsat berish taklif qilindi. Bunda tadbirkorlikni boshlash uchun xabardor qilishning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin.

Bu taklif Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda bildirildi.

Birinchi qavatlarda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ochilishi mumkin

Yig‘ilishda aholi bandligini oshirishda servis sohasining imkoniyatlaridan kengroq foydalanish masalasi muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida sartaroshxona, go‘zallik saloni, kichik do‘kon, atelye, poyabzal va maishiy texnika ustaxonasi kabi xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish mumkin.

Biroq amaldagi tartibda xonadonni noturarjoy toifasiga o‘tkazish uchun bir qator qo‘shimcha tartib va ruxsatlardan o‘tish talab etiladi.

Shu sabab ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xonadonlarni noturarjoy toifasiga o‘tkazmasdan savdo va servis faoliyatiga moslashtirishga ruxsat berish taklif qilindi.

Taklifga ko‘ra, bunday faoliyatni boshlash uchun tegishli organlarni xabardor qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Shuningdek, o‘qing: Banklardagi 10 trln so‘mlik aktivlar 40 ming ish o‘rni yaratishi mumkin

Xizmat turlari va xavfsizlik talablari ishlab chiqiladi

Mutasaddilarga bir oy muddatda birinchi qavatdagi xonadonlarda tashkil etilishi mumkin bo‘lgan xizmat turlari ro‘yxatini ishlab chiqish topshirildi.

Shuningdek, bunday obyektlar uchun xavfsizlik talablarini belgilash vazifasi ham qo‘yildi.

Yangi tartib servis sohasida kichik biznesni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholiga uyiga yaqin joyda xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ehtiyojmand oila a’zosi uchun ijtimoiy soliq 2% bo‘lishi ma’lum qilingandi. Yangi tartib 1-oktabrdan kuchga kirishi belgilandi.

Shuningdek