Poco F9 Pro va F9 Ultra sotuvga chiqdi — narx

10-sentabr 2026 14:57 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Poco F9 Pro va F9 Ultra sotuvga chiqdi — narx
Foto: Poco

Poco kompaniyasi Rossiyada yangi Poco F9 Pro va F9 Ultra flagman smartfonlarini sotuvga chiqardi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Yangi qurilmalar kuchli protsessorlar, 200 MP kameralar, 100 Vt quvvatlash va Bose tomonidan sozlangan audio tizimi bilan jihozlangan.

F9 Ultra Poco’ning eng kuchli modeli bo‘ldi

Poco F9 Ultra Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, smartfon AnTuTu testida 4,165 mln ball to‘plagan va bu Poco qurilmalari orasidagi eng yuqori natija hisoblanadi.

Har ikkala modelda tasvirlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan qo‘shimcha VisionBoost D8 chipi mavjud. U qo‘llab-quvvatlanadigan o‘yinlarda kadrlar chastotasini soniyasiga 185 tagacha oshirish imkonini beradi. Sovitish uchun 3D IceLoop tizimi ishlatiladi.

Ekran chastotasi 185 Gts gacha yetadi

Foto: Poco

F9 Ultra 6,9 dyuymli AMOLED ekran, F9 Pro esa 6,59 dyuymli panel bilan jihozlangan.

Har ikkala displeyning yangilanish chastotasi 185 hz gacha, maksimal yorqinligi esa 4 500 nitni tashkil etadi. Ekranlarda yangi M11 lyuminessent materiali hamda to‘liq RGB subpiksel tuzilmasidan foydalanilgan.

F9 Ultra orqa panelida qo‘ng‘iroqlar, bildirishnomalar, musiqa va o‘yinlardagi voqealarga qarab ishlaydigan dinamik yoritish tizimi ham mavjud.

8 050 mA/soat batareya va 100 Vt quvvatlash

F9 Ultra 8 050 mA/soat sig‘imli kremniy-uglerod batareyasi bilan jihozlangan. Bu Poco F seriyasi tarixidagi eng katta akkumulyator hisoblanadi.

Foto: Poco

Kompaniyaga ko‘ra, qurilma bir quvvatlash bilan ikki kungacha ishlashi mumkin. F9 Pro’da esa 6 330 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan.

Har ikkala smartfon 100 Vt HyperCharge simli hamda 50 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, kabel orqali 27 Vt va simsiz tarzda 22,5 Vtgacha teskari quvvatlash imkoniyati bor.

Asosiy kamera 200 MP

Poco smartfonlarida ilk bor asosiy kamera uchun 200 MP sensor ishlatilmoqda.

F9 Ultra 5 karra optik yaqinlashtirish imkonini beruvchi periskop kamera bilan ham jihozlangan. Bundan tashqari, 20 karragacha AI Ultra Zoom funksiyasi mavjud.

F9 Pro’da periskop kamera o‘rniga 50 MP telefoto modul o‘rnatilgan. U 2,5 karra optik zumni taklif qiladi. Kamera 10 sm masofadan fokuslana olgani sababli makrofotosuratlar uchun ham ishlatilishi mumkin. Har ikkala modelning old kamerasi 32 MP.

Narxlar $794 dan $1 minggacha

Poco F9 Pro’ning 12/256 GB versiyasi joriy kurs bo‘yicha taxminan $794, 12/512 GB varianti esa qariyb $865 ga to‘g‘ri keladi.

F9 Ultra’ning 12/256 GB konfiguratsiyasi taxminan $889, 16/512 GB versiyasi esa qariyb $1 008 ga baholanadi. Asl narxlar Rossiya rublida belgilangan va dollar ekvivalenti valyuta kursiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Poco X8 Power 10 000 mA/soat batareya bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek