Bahodir Jalolov WBC reytingida 11-o‘ringa ko‘tarildi

11-sentabr 2026 10:10 eʼlon qilindi

(11-sentabr 2026 22:17 yangilandi)
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto:Olimpic.uz

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov WBC’ning yangilangan superog‘ir vazn reytingida ikki pog‘ona yuqorilab, 11-o‘rinni egalladi. Avval u 13-o‘rinda edi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Undan yuqorida, jumladan, ukrainalik Andrey Novitskiy ham bor. U 12-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarilgan. Reytingning birinchi pog‘onasida esa britaniyalik Tayson Fyuri qolmoqda.

Shuningdek, o‘qing: Bahodir Jalolov yangi jahon chempioniga «vizov» tashladi

So‘nggi jangida muddatidan oldin g‘alaba qozongan

Bahodir Jalolov professional faoliyatida 17 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Shundan 15 tasi nokaut bilan yakunlangan.

U so‘nggi jangini 9-may kuni Manchesterda o‘tkazib, xorvatiyalik superog‘ir vazn bokschisi Agron Smakichini muddatidan oldin mag‘lub etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jalolov 2028-yilgi Olimpiadada qatnashishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Bokschining Los-Anjeles Olimpiadasida ishtirok etish imkoniyati mavjud. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Shohid Tilla­boyev ma’lum qildi.

Federatsiya vakiliga ko‘ra, Jalolov «Parij – 2024» Olimpiadasidan keyin havaskor boksdagi faoliyatida vaqtinchalik tanaffus qilgan. Shunga qaramay, u O‘zbekiston milliy terma jamoasining ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek