Chevrolet Equinox elektromobili uchun chegirma e’lon qilindi

11-sentabr 2026 08:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Equinox elektromobili uchun chegirma e’lon qilindi
Foto: Chevrolet

Chevrolet AQSh bozorida sentabr oyida Chevrolet Equinox elektromobili uchun yangi chegirma, kredit va lizing dasturlarini e’lon qildi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Xaridorlarga $1 ming chegirma beriladi

2026-yilgi Chevrolet Equinox EV’ning LT 2 va RS versiyalaridan tashqari modifikatsiyalarini xarid qiluvchilarga $1 ming miqdorida chegirma taqdim etiladi.

Xuddi shunday $1 minglik chegirma 2027 model yilidagi Equinox EV uchun ham amal qiladi. Bunda LT 2 va RS Preferred Equipment Group komplektatsiyalari aksiyaga kiritilmagan.

2026-yilgi Equinox EV’ni GM Financial orqali moliyalashtirishda xaridorlarga 36 oy muddatga yillik 2,9 foiz stavkada kredit olish imkoniyati ham berilmoqda.

Foto: Chevrolet

Equinox EV’ni oyiga $529 ga ijaraga olish mumkin

Chevrolet 2026 Equinox EV LT 2 FWD uchun AQSh bo‘ylab maxsus lizing dasturini ham taklif qilmoqda.

Unga ko‘ra, avtomobilni 39 oy davomida oyiga $529 dan ijaraga olish mumkin. Yillik yurish chegarasi 10 ming mil etib belgilangan. 2021-yil yoki undan yangi avtomobilni lizing asosida ishlatayotgan mijozlardan shartnoma imzolash vaqtida $4 739 to‘lov talab qilinadi. Garov depoziti esa olinmaydi.

GM xodimlari va ularning dastur talablariga javob beradigan oila a’zolari uchun yana bir taklif mavjud. Ular Equinox EV LT 2 FWD’ni 39 oyga oyiga $639 dan lizingga olishi mumkin, dastlabki to‘lov esa $2 729 ni tashkil etadi.

Mazkur chegirma va moliyalashtirish dasturlari 2026-yil 30-sentabrgacha amal qiladi.

Manba: GMAutority

Equinox EV narxi qancha

AQShda 2026-yilgi Chevrolet Equinox EV LT 1 komplektatsiyasi $36 795 dan, LT 2 versiyasi $43 595 dan, RS esa $45 895 dan boshlanadi. Xuddi shu boshlang‘ich narxlar 2027 model yilidagi avtomobillarda ham saqlab qolingan. Narxlarga $1 800 miqdoridagi yetkazib berish xarajati kiritilgan.

2026 Equinox EV’ning old g‘ildirakdan tortuvchi versiyasi 220 ot kuchiga, to‘liq uzatmali modifikatsiyasi esa 300 ot kuchiga ega. LT 2 va RS versiyalari 1 500 funtgacha yuk tirkamasini tortishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Chevrolet yana bir avtomobiliga chegirma e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek