Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi
12 – 13-sentabr kunlari
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi
Foto: depositphotos

12 – 13-sentabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Kunduzgi harorat asosan +25…+30 daraja, ayrim joylarda +32 darajagacha, janubda esa +35 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Respublikaning asosiy hududlarida shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Biroq 12-sentabr kuni tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13-sentabrda tog‘larda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Shamol tezligi, asosan, sekundiga 7 – 12 metrni tashkil etadi. 12-sentabr kuni ayrim hududlarda shamol sekundiga 13 – 18 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, o‘qing: 2026-yilning avgusti tarixdagi eng issiq oy bo‘ldi

Toshkentda harorat +32 darajagacha yetadi

Poytaxtda dam olish kunlari havo, asosan, kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

12-sentabr kuni kunduzi havo +28…+30 daraja, 13-sentabrda esa +30…+32 darajagacha isishi kutilmoqda. Kechasi harorat +16…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 5 – 10 metr tezlikda esadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026-yil sentabr oyida ob-havo nisbatan quruq va biroz iliq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek