Dollar tushdi: 14-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

14-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 17,71 so‘mga tushib, 11 765,76 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
7-sentabrda yana 9,70 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘mni tashkil qildi. 8-sentabrda 4,03 so‘mga oshib, 11 789,33 so‘m, 9-sentabrda esa 23,88 so‘mga oshib, 11 813,21 so‘m, 10-sentabr kuni 15,29 so‘mga tushib, 11 797,92 so‘m bo‘lgan edi. 11-sentabr kuni 14,45 so‘mga tushib, 11 783,47 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi
Yevro kursida tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 49,99 so‘mga tushib, 13 638,87 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,01 so‘mga oshib, 139,71 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.