iPhone 18 Pro Max uchun oldindan buyurtmalar oshmoqda

11-sentabr 2026 10:35 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone 18 Pro Max uchun oldindan buyurtmalar oshmoqda
Foto: Apple

Rossiyada yangi iPhone’lar uchun oldindan buyurtmalar orasida iPhone 18 Pro Max eng ommabop model bo‘ldi. «Kommersant» ma’lumotiga ko‘ra, barcha buyurtmalarning 61,5 foizi aynan shu smartfonga to‘g‘ri kelmoqda.

iPhone 18 Pro Max ichida 256 va 512 GB xotirali versiyalar har biri 37,5 foizdan buyurtma olgan. 1 TB xotirali model ulushi 18,8 foizni, 2 TB’lik eng yuqori versiya esa 6,3 foizni tashkil etgan.

iPhone 18 Pro’da talab nisbatan teng taqsimlangan. 256 va 512 GB versiyalar har biri 40 foizdan, 1 TB model esa qariyb 20 foiz buyurtma olgan. Barcha xotira variantlari orasida yangi bordo rang eng ommabop bo‘lgan.

Shuningdek, o‘qing: Apple iPhone 17 va iPhone Air narxlarini oshirdi

Narxlar $1,7 mingdan boshlanadi

«Yandex Market»da iPhone 18 Pro narxi 147 ming rubldan, ya’ni taxminan $1 764 dan boshlanadi.

iPhone 18 Pro Max esa 157 ming rubl yoki qariyb $1 884 dan taklif qilinmoqda. «Ozon Select»da iPhone 18 Pro narxi 200 ming rubl, ya’ni taxminan $2 400 dan boshlanadi.

iPhone Duo narxi $5,4 minggacha yetishi mumkin

Yangi avlodning asosiy yangiliklaridan biri buklanuvchi iPhone Duo bo‘ldi.

Rossiyada uning eng qimmat versiyasi 450 ming rublgacha, ya’ni taxminan $5 400 ga baholanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone Duo ekranidagi yangi animatsiya muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Qurilma ochilganda bloklangan ekran asta-sekin fokusini va xiralik darajasini o‘zgartiradi. Natijada tasvir ichki 7,6 dyuymli ekranga uzluksiz tarzda o‘tadi.

Shuningdek