Javohir meni masxara qilardi — Bibisara Assaubayeva g‘alabasi haqida

11-sentabr 2026 08:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Javohir meni masxara qilardi — Bibisara Assaubayeva
Foto: Ijtimoiy tarmoq/ Manba; Sports.kz

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubayeva Hindistonning Bengaluru shahrida o‘tayotgan Tech Mahindra Global Chess League-2026 turniridagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U sakkizinchi tur uchrashuvidan so‘ng o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov bilan bog‘liq hazilni ham esladi.

Assaubayevaning aytishicha, turnir davomida ayrim partiyalarda o‘yinidan qoniqmagan va hatto g‘alaba qozona olishiga shubha qilgan.

Sindarov Assaubayevaga g‘alabasidan birini «bermoqchi» bo‘lgan

«Nihoyat, bu turnirdagi birinchi partiyamni yutdim. Ba’zan qanday o‘ynaganimni hisobga olsam, bu umuman sodir bo‘lmaydigandek tuyulgandi. Kecha esa Javohir men bilan hazillashib: «Mening g‘alabalarim ko‘p, bittasini senga beraymi?» dedi. Endi esa o‘zimning g‘alabam bor. Uchrashuvda yutganimizdan juda xursandman», — dedi Assaubayeva.

Assaubayeva Shuvalovani 3:0 hisobida yengdi

Turnirning sakkizinchi turida Bibisara Assaubayeva rossiyalik Polina Shuvalovaga qarshi bahsda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa u birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

Assaubayeva ishtirok etayotgan «FYERS American Gambits» jamoasi «Ganges Grandmasters»ni 13:5 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv yakunida qozog‘istonlik shaxmatchi bahsning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Avvalroq «Kursiv» Javohir Sindarov jamoasi million dollarlik turnirda peshqadamlikni boy bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek