Samsung Galaxy S26 va S26 Ultra’ning tiklangan versiyalarini sotuvga chiqardi

11-sentabr 2026 08:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 va S26 Ultra’ning tiklangan versiyalarini sotuvga chiqardi
Foto: Sammobile

Samsung Hindistonda Samsung Galaxy S26 va Galaxy S26 Ultra smartfonlarining qayta tiklangan versiyalarini rasman sotuvga chiqardi. Qurilmalar kompaniyaning Certified Re-Newed dasturi doirasida taklif etilmoqda.

Qayta tiklangan Galaxy S26 narxi 74 799 rupiydan, ya’ni taxminan $784 dan boshlanadi. Galaxy S26 Ultra esa 118 999 rupiy yoki qariyb $1 248 dan sotilmoqda.

Narxlar yangi smartfonlardan unchalik arzon emas

Galaxy S26’ning 256 GB xotirali versiyasi 74 799 rupiy, 512 GB modeli esa 91 799 rupiy atrofida baholangan.

Galaxy S26 Ultra’ning 256 GB versiyasi 118 999 rupiy, 512 GB xotirali modeli esa 135 999 rupiydan sotilmoqda. Bu mos ravishda qariyb $1 248 va $1 426 ga teng. Smartfonlarni Samsung’ning Hindistondagi rasmiy sayti va Samsung Shop ilovasi orqali xarid qilish mumkin.

Samsung qurilmalarni qayta tekshiradi

Certified Re-Newed dasturiga tushgan ishlatilgan smartfonlar qayta sotuvga chiqarilishidan oldin tozalanadi, tekshiriladi va turli sinovlardan o‘tkaziladi.

Agar qurilmada nosozlik aniqlansa, shikastlangan qismlar Samsung’ning original yangi ehtiyot qismlariga almashtiriladi. Kompaniya smartfon akkumulyatorining sig‘imi va ishlash ko‘rsatkichlarini ham tekshiradi.

Shuningdek, avvalgi foydalanuvchiga tegishli barcha ma’lumotlar qurilmadan xavfsiz tarzda o‘chirib tashlanadi.

Bir yillik kafolat beriladi

Samsung qayta tiklangan Galaxy S26 va Galaxy S26 Ultra smartfonlariga standart bir yillik kafolat taqdim etadi. Certified Re-Newed dasturi Hindistonda 2026-yil boshida ishga tushirilgan bo‘lib, Galaxy S26 va S26 Ultra uning eng yangi ishtirokchilariga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 FE xaridorlariga $271 gacha bonus berayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek