Toshkentga kelasi yili $10 mlrd investitsiya jalb qilinadi

eʼlon qilindi
150 – 200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqiladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Toshkent shahriga 2027-yilda 10 mlrd dollar investitsiya jalb qilish va 150 – 200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Bu yil poytaxtga $9 mlrd investitsiya rejalashtirilgan

2026-yilda Toshkentning 12 ta tumani bo‘yicha jami 9 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda ayrim hududlarda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ishlarni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Investorlarning muammolarini idorama-idora yurmasdan joyida hal qilish uchun yangi tizim joriy etiladi. Respublika va shahar darajasidagi mas’ullar har hafta tumanlarga chiqib, tadbirkor va investorlar bilan uchrashadi.

Yuqori darajada yechim talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa takliflar shu kunning o‘zida Prezident Administratsiyasiga kiritiladi.

Toshkent tumanlari alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashadi

Poytaxtning har bir tumani o‘z salohiyatidan kelib chiqib, muayyan yo‘nalishlarga ixtisoslashishi belgilandi.

Sergeli, Yangihayot va Bektemirda yuklarni saralash, qadoqlash, taqsimlash va yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan yirik logistika majmualari tashkil etilishi mumkin.

Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yunusobod va Yakkasaroyda biznes va moliyaviy markazlarni ko‘paytirish orqali 2 mlrd dollarlik kapital bozorini shakllantirish hamda 20 – 25 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.

Olmazor, Chilonzor va Uchtepada esa ta’lim, tibbiyot, savdo va servis sohalariga kamida $1 mlrd investitsiya jalb qilib, 15 – 20 mingta ish o‘rni yaratish mumkinligi aytildi.

Avvalroq O‘zbekistonda $933 mlnlik 6 ta loyiha doirasida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavodlar tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek