Vivo X500 Pro Max ilk bor rasman namoyish etildi

11-sentabr 2026 15:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo X500 Pro Max ilk bor rasman namoyish etildi
Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi X500 seriyasidagi yangi flagman – Vivo X500 Pro Max smartfonining tashqi ko‘rinishini ilk bor rasman namoyish etdi. Bu haqda Mydrivers xabar berdi.

Yangi avlod taqdimoti 21-sentabrga belgilangan bo‘lib, kompaniya tarixida X500 qatori ilk marta Pro Max versiyasiga ega bo‘ladi.

Yangi modelda asosiy e’tibor foto va video imkoniyatlariga qaratilgan. Vivo qurilmani professional kamera o‘rnini bosa oladigan flagmanlardan biri sifatida targ‘ib qilmoqda.

X500 Pro Max to‘rtta rangda chiqadi

Smartfon Earth Echo, Sunset Glow, Sunny Day va Night Photography nomli to‘rtta rang variantida sotuvga chiqariladi.

Orqa panel dizayni Vivo X300 Ultra modeliga yaqin bo‘lib, unda yirik dumaloq kamera bloki ishlatilgan. Zeiss logotipi ham bevosita kamera modulining o‘ziga joylashtirilgan.

Foto: Vivo

Kamera Sony bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan

X500 Pro Max’ning eng muhim jihatlaridan biri Zeiss Blueprint Pro 900 asosiy kamera modulidir. U Vivo va Sony hamkorligida ishlab chiqilgan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi kamera videodagi dinamik diapazonni 17 EV darajasigacha yetkazishi mumkin. Vivo buni kinematografik darajadagi natija sifatida ta’riflamoqda.

200 MP telekamera o‘rnatiladi

Foto: Vivo

Smartfonda 200 MP aniqlikdagi Zeiss APO telekamera ham bo‘ladi. Unda Vivo X300 Ultra’da ishlatilgan Blueprint x Samsung HP0 sensori qo‘llanadi.

Sensor o‘lchami 1/1,4 dyuymni tashkil etadi. Kamera ISOZ texnologiyasi asosida apparat darajasidagi 4 karra zumni qo‘llab-quvvatlaydi.

Stabilizatsiya ikki baravar kengaytirildi

Foto: Vivo

Vivo kamera stabilizatsiya tizimini ham yangilagan. Optik modulning ishlash burchagi 3 darajagacha kengaytirilgan bo‘lib, bu avvalgi avlodga nisbatan ikki baravar katta diapazon hisoblanadi.

Foto rejimida esa CIPA 7.0 darajasidagi stabilizatsiya va’da qilinmoqda. Bu, ayniqsa, qo‘lda suratga olish va uzoq fokus masofasida tasvir tiniqligini saqlashga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo X500 seriyasi qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek